16 fev 17:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev: "It hurar, karvon o'tar"
UFC`dagi jangi tasdiqlangan Nursulton Ro'ziboev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi post joyladi.
Aralash yakkakurash ustamiz Instgaram sahifasiga ukasi Mashrabjon Ro'ziboev bilan birga tushgan suratlarini joylab, uning ostida izoh ham qoldirdi.
"Umringga, rizqingga Alloh baraka bersin, ukam! Har doim, hamma vaqt, nima bo'lgan taqdirda ham men sen bilanman. It hurar, karvon o'tar", - deya yozgan to'ng'ich Ro'ziboev.
Nursulton bu posti bilan kuni kecha tavallud kunini nishonlagan ukasi Mashrabjonni tabriklash barobarida, uning vazn qila olmagani sabab bekor bo'lgan jangiga negativ munosabat bildirayotganlarga "otvet" qilgan ko'rinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar