04 iyu 13:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev: "Jang qabul qilindi. Keyingi raqib - top!" (FOTO)
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro'ziboev Instagram tarmog'idagi sahifasi orqali yangi jang bo'yicha kelishuvga erishganini malum qildi.
Hamyurtimiz o'z storisida "Jang qabul qilindi. Raqib, sana va manzilni yaqinda aytaman, In SHa Alloh. Keyingi raqib top!", deya post yozib qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev 27 iyun kuni Boku shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 280 turnirida rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raunddayoq sabmishen evaziga zafar quchgandi. Uning UFC'dagi rekordi beshta g'alaba va bitta mag'lubiyatdan iborat bo'lib turibdi.

Havola :
Manba : instagram.com/nursulton_ruziboev
Fikrlar