19 iyu 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev jang qiladigan UFC Paris oqshomi uchun bir nechta yangi janglar elon qilindi + POSTER
Xabaringiz bor, 5 sentyabr kuni Franciya poytaxti Parij shahrida navbatdagi UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
Avval xabar berganimizdek, mazkur turnir doirasida yurtdoshimiz Nursulton Ro'ziboev Angliya vakili, tajribali Maykl Peyjga qarshi bahs olib boradi.
Tashkilotchilar musobaqa doirasida o'tkaziladigan navbatdagi bellashuvlarni elon qildi.
Yarim engil vaznda: Losen Keyta (Belgiya) - Muhammad Naimov (Tojikiston)

Ayollar o'rtasida eng engil vaznda: Nora Kornol (Franciya) - Klaudia Sigula (Polsha)

Yarim og'ir vaznda: Oumar Si (Franciya) - Modestas Bukauskas (Litva)

Yarim engil vaznda: Kyortis Kempbell (Angliya) - Trevor Pik (AQSH)

Og'ir vaznda: Mario Pinto (Portugaliya) - Rayan Spenn (AQSH).

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar