24 apr 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev jangiga 23 kun qolganida qanday vaznga ega ekanini ko'rsatdi (FOTO)
O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev bo'lajak jangi oldidan necha kg tosh bosayotganini malum qildi.
Hamyurtimiz 17 may kuni Las-Vegas shahri mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik Dastin Stolcfus bilan to'qnash keladi.
Ro'ziboevning Instagram sahifasida malum qilishicha, u jangga 23 kun vaqt qolganida 98.8 kg tosh bosmoqda. Jang esa o'rta vazn toifasida (84 kg) tashkil etiladi. Qolgan muddatda u 15 kg ortiqcha vazndan xalos bo'lishi kerak.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar