03 avg 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev: "Men sentyabrda jang qilmoqchiman, raqibni farqi yo'q"
O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev Twitter'dagi sahifasiga yangi post joyladi.
4 noyabr kuni Braziliyada mezbon sportchi Kayo Borralo bilan jang qilishi aniq bo'lib ulgurgan Nursulton Ro'ziboev mazkur postida sentyabr oyida jang qilmoqchi ekanini yozgan:
"Men sentyabr oyida jang qilmoqchiman, raqib kim ekanini farqi yo'q. Menga shunchaki jang bering, men ochman!", - deb yozgan hamyurtimiz.
Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi debyut jangini braziliyalik Bruno Ferreyraga qarshi o'tkazib, ilk raunddayoq nokaut bilan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : twitter.com/nursulton_ruziboev
Fikrlar