04 sen 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev operaciya qilindi (FOTO)
O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.
"Operaciya muvaffaqiyatli o'tdi. Oldinda uzoq tiklanish. Kuchli bo'lib qaytamiz, Inshaallah", - deb yozdi sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Nursulton 17 avgust kuni jang qilishi lozim edi. Ammo raqib vazn meyorini bajara olmagani uchun ushbu jang bekor qilindi. Hozircha Ro'ziboevning qachon oktagonga qaytishi nomalum.
Havola :
Manba : instagram.com/nursulton_ruziboev
Fikrlar