28 apr 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev sobiq UFC jangchisiga qarshi jang qiladi
MMAchimiz Nursulton Ro'ziboev navbatdagi jangini UFC sobiq jangchisi Andreas Stalga qarshi o'tkazishi mumkin.
Ushbu jang 4 iyun kuni Brave51 turniri doirasida o'tkaziladi.
Avvalroq, ushbu sportchilar 11 mart kuni Bahrayndagi Brave47 turnirida jang qilishlari lozim edi. Ammo, shveciyalik jangchi jarohat sabab ushbu jangda ishtirok eta olmagandi va yakunda Nursulton franciyalik Ibrohim Manega qarshi jang qilib, raqibini birinchi raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar