So’nggi yangiliklar

19:30Менежер Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлишини маълум қилди 0 19:06Исраэль Адесанья Чимаевни танқид қилди 0 18:45Александр Усик фаолиятини якунлаш режасини ўзгартирди 0 18:24FIFA Series турнири олдидан Венесуэлада йўқотиш 0 18:01"Агар UFC Жон Жонсни ҳурмат қилмаса, умуман кимни ҳурмат қилади?" - Фрэнсис Нганну 0 17:44Александр Усик: "Жошуа 2027 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлади" 0 17:25Боксчиларимизнинг катталар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиби маълум бўлди 0 17:17Эдди Хирн Жошуа — Уайт жанг ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0

29 iyu 09:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev UFCdagi debyut oldidan: "G'alaba qozonsam, yana jang so'rayman"

Teglar :  Nursulton Ro'ziboev
Nursulton Ro'ziboev UFCdagi debyuti oldidan matbuot anjumanida savollarga javob qaytardi.

- Bu kunni uzoq kutdim. Tayyorgarligim yaxshi. Nasib qilsa, jangda yaxshi harakat qilib, chiroyli g'alabaga harakat qilamiz. 


- Faoliyatingda 40 dan ortiq professional jang bor. Hayolingda balki UFCga etib bora olmasamchi, degan fikrlar o'tganmi? 

- Avvaldanoq buni niyat qilib kelganman. Doimo bunga erishaman deb harakat qilganman. Lekin bo'lmaydi degan hayol ham o'tgan. Mana Xudoga shukr, bu amalga oshadigan bo'lyapti. 


- Faoliyating qiziqarli. So'nggi 8 ta janging mag'lubiyatsiz bo'lgan. G'alabalaringni siri nimada? 

- So'nggi marotaba 2019 yilda yutqazgandim. Keyin esa tayyorgarlikni kuchaytirib, oldingidek tavakkal qilib chiqardim. Oldin ko'p zaxira jangchisi sifatida chiqardim, o'shanda mag'lubiyatlar bo'lgan. 


- Sen yiliga 12-13 ta janglar o'tkazgan davrlar bo'lgan. Tushunarliki, UFCda bunday bo'lmaydi. Bu sen uchun yaxshimi yoki sen tez-tez janglar qilishni istaysanmi? 

- InshaAllah bu jangni yutsam, yana jang so'rayman. Tez-tez jang qilishga harakat qilaman.


- Ko'pchilik seni ilk bor oktagonda ko'rishadi. Sendan nimalarni kutishlari mumkin bo'ladi? 

- Jangim asosiy kardga qo'yilibdi. SHunga munosib ravishda jang o'tkazishga harakat qilaman. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing