03 avg 19:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev va Kayo Borralo o'rtasida dahanaki janglar boshlanib ketdi
UFC jangchilari Nursulton Ro'ziboev hamda Kayo Borralo ijtimoiy tarmoqlarda dahanaki "jang"ga kirishishdi.
Dastlab, hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev jangi tasdiqlangan bo'lishiga qaramasdan, sentyabr oyida jang qilishni istayotganini aytib, UFC'ga murojaat qilgan edi.
Bu tvitdan so'ng uning rasman tasdiqlangan raqibi, braziliyalik Kayo Borralo o'z Twitter sahifasida: "Instagramga video joylamasligim kerak edi, men bu bolani qo'rqitib yubordim", - deya Nursultonning gapiga munosabat bildirdi.
Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev va Kayo Borralo jangi 4 noyabr kuni Braziliyaning San-Paulo shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : twitter.com/nursulton_mma
Fikrlar