25 iyu 16:26
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboevning boksdagi jangi bekor qilindi
Unga ko'ra, shahrixonlik sportchimiz 30 iyul kuni Akhmat Fighting promousheni tomonidan Toshkent shahrida tashkil etiladigan hisob bo'yicha 4-turnirda rossiyalik Sergey Gorokov (13-6-2)ga qarshi ringga chiqishi kerak edi.
Ammo bu jang o'tkazilmaydi. Bunga Nursultonning UFC bilan shartnomasidagi bandlar sabab bo'ldi. Ro'ziboev kelishuvga ko'ra nafaqat boshqa MMA tashkilotlar, balki boks janglarida ham ishtirok eta olmaydi. 30 iyul kungi boks oqshomida Nursultonning ukasi Mashrab Ro'ziboev jang o'tkazadi.
"Biz Nursultonga 2-3 ta boks jangidan keyin kamar uchun jang tashkil etib berishni rejalashtirgandik. Boks janglari unga oktagonda ham yordam berardi. Afsuski, Ro'ziboevning UFC bilan imzolagan shartnomasida nafaqat MMA, balki boks janglarida ham ishtirok etishi qatiy taqiqlangan ekan. U shu kungi boks oqshomida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi. Boks muxlislari uning ukasi Mashrab Ro'ziboevning jangini ko'rishlari mumkin bo'ladi", - dedi tashkilotchilardan biri bizga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev avval ham AFP turnirida ikki bor boks jangida ringga ko'tarilgan va har ikkisida g'alaba qozongan edi.
Fikrlar