04 iyu 09:21
Yangiliklar

Nursulton Ro'ziboevning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo'ldi - manba
Malum bo'lishicha, hamyurtimiz 16 avgust AQSHning Illinoys shtati, CHikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Bu haqda Nursultonning menejeri Instagram sahifasidagi jonli efir davomida aytib o'tgan. Bundan tashqari, Nursulton Ro'ziboevning o'zi ham Instagram'da shunga ishora qildi.
Ro'ziboevga kim raqiblik qilishi hozircha aniq emas. 31 yashar andijonlik sportchi so'nggi bor 19 may kuni Las-Vegas mezbonlik qilgan UFC Fight Night turnirida germaniyalik Dastin Stolcfusni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
Takidlash joiz, UFC 319 turnirining markaziy bellashuvi o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi va Xamzat CHimaev o'rtasida kechadi. Ro'ziboev ham UFC'da aynan o'rta vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etyapti.
Fikrlar