29 iyu 19:22
Yangiliklar

Nursulton Ro'ziboevning navbatdagi jangi tasdiqlandi + FOTO
Ushbu postda Nursulton avval aytilganidek, Kayo Borraloga qarshi jang o'tkazishini tasdiqlagan. Hamyurtimiz kecha AQSHga jo'nab ketgan edi. Demak, u menejerlari bilan uchrashganidan so'ng Kayoga qarshi jangi tasdiqlangani haqida xabar topgan.
Nasib qilsa, Nursulton Ro'ziboev 4 noyabr kuni Braziliyaning San-Paulo shahridagi Ibirapuera Gymnasium majmuasida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida Borraloga qarshi oktagonga chiqadi va o'ylaymizki, Mahmud Muradov uchun braziliyalik raqibidan revansh oladi. Kayo (14-1) UFC'da hozircha to'rtta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan.
Xabaringiz bor, Ro'ziboev UFC'dagi debyut jangida braziliyalik Bruno Ferreyra (10-1)ni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan va nomdor raqibiga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi. Bruno bungacha 10 ta jangining barchasida raqiblarini muddatidan avval taslim etgandi.
Fikrlar