So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

01 iyu 15:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboevning raqibi: 10 ta jangning hammasida muddatidan avval g'alaba! Jang uchun o'rtacha to'rt daqiqa sarflaydigan Bruno “Xalk” Ferreyra

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi debyut jangini o'tkazadi.

Tashkilot Nursulton uchun ilk jangi uchun juda jiddiy raqib berdi. Raqib — Bruno Ferreyra! Professional faoliyati davomida hali mag'lub bo'lmagan. 10 ta jang va barchasi muddatidan avval yakunlangan.

Braziliyalik jangchining to'liq ismi — Brunno Klinton Angulski Santyago Ferreyra. Ferrera 1992 yilda Braziliyaning Parana shahrida dunyoga kelgan. Braziliyada tug'ilgan o'g'il bolalarning ikkita qiziqishi bo'ladi: biri futbol, ikkinchisi grepling. Bugungi qahramonimiz yoshligidan greplinga borishga qaror qildi. Perreyra professional MMAga kelgunga qadar yurtida ancha mashhur dzyudo ustasi hisoblangan. U dzyudo bo'yicha uch karra Braziliya chempioni hisoblanadi. Panamerika o'yinlarida esa kumush medalga ega chiqqan. 

SHundan so'ng “Xalk” professional MMAga kirib keldi. U MMAdagi debyut jangini 2019 yilda o'tkazgan. O'shanda unga Robson Lima raqiblik qiladi. Ferreyra raqibini birinchi raundning o'zida bo'g'ib qo'yadi. UFC'ga esa 2022 yilda Dana Whiteʼs Contender Series 2022ʼdagi omadli ishtirokidan so'ng kelgan. Uning UFC'dagi debyut jangi Gregori Rodrigesga qarshi kechdi va ushbu jangda ham Ferreyra raqibini birinchi raundning o'zida mag'lub etgandi. 

Umumiy hisobda, Bruno “Xalk” Ferreyra faoliyati davomida 10 ta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan. U hali hech bir jangida raqiblarini uchinchi raundga qadar olib bormagan. “Xalk” raqiblarini uxlatib qo'ygan. Bruno yoshligidan kurash bilan jiddiy shug'ullanganiga qaramay, janglarining ettitasida raqiblarini nokaut qilgan. U chapaqay hisoblanadi. “Xalk” asosan tik turgan holda jang qilishni yoqtiradi. U so'nggi to'rtta jangida raqiblarini nokaut qilishga erishgan. 

Ferrera "Tapology.com" saytining butun jahon o'rta vazn jangchilar reytingining 28-pog'onasidan joy olgan. Solishtirish uchun Nursulton Ro'ziboev ushbu reytingda 98-o'rinni egallab turibdi. 

Ertaga tongda bo'lib o'tadigan jangda hamyurtimizdan ajoyib g'alaba kutib qolamiz va unga bu borada omad tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing