So’nggi yangiliklar

17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0

17 jan 07:44
Yangiliklar

Dzyudo

"Ochiq eshiklar kuni" 600 nafardan ziyod yosh dzyudochilarni birlashtirdi FOTOREPORTAJ

O'zbekiston dzyudo federaciyasi zalida 2005-2011 yillarda tug'ilgan dzyudochilar o'rtasida o'ziga xos kichik turnir tashkil etildi.

Etiborlisi, "Ochiq eshiklar kuni" nomi ostida o'tkazilgan ushbu bellashuvlarda Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Farg'ona va Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri, CHirchiq hamda poytaxtimizdagi olimpiya zaxiralari maktab internati jamoalarining yosh dzyudochilari tatamida o'z istedodlarini namoyish etishdi.

Xabaringiz bor, 2025 yil mamlakatimiz yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladi. Bugungi tadbir uchun aynan bo'lajak qita o'yinlarida qatnashishi mumkin bo'lgan yosh toifasi ham tanlab olingan edi. Maqsad - shu kabi turnirlar, festivallar orqali yosh dzyudochilarni pishitib borish, katta musobaqalarga tayyorlash.

Maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan musobaqa yoshlarda juda katta qiziqish uyg'otdi. Buni ishtirokchilarning soni hamda geografiyasi ham tasdiqlaydi. Bir vaqtning o'zida 600 nafardan ziyod yoshlar tatamida bellashishdi.

SHuningdek, bu kichik turnirni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad - yoshlar o'rtasida dzyudoni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini sport orqali qaror toptirish, shu yo'nalishdagi Prezident farmonlarining ijrosini taminlashdan iborat. Toshkent shahrida test shaklida o'tkazilgan musobaqa endi viloyatlarda ham tashkil etiladi. 

Musobaqa so'nggida g'olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing