08 may 20:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Octagon 72: Jarohatlangan Muhiddin Mamajonovning o'rniga jalb qilingan zaxira jangchisi jarohat tufayli Sayat Abduali bilan bahsda ishtirok eta olmaydi
Hafta yakunida, aniqrog'i, 11 may kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 72 musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqaning ikkinchi asosiy bellashuvida engil vazn toifasidagi taniqli o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Muhiddin Mamajonov Qozog'iston vakili Sayat Abduali bilan bahs olib borishi kerak edi. Biroq Mamajonov qo'li sinishi oqibatida turnirda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi va uning o'rniga boshqa bir hamyurtimiz Sanjar Erkinov zaxira jangchisi sifatida jalb etilgandi.
Ammo menejer Parviz Abdumavlonovning Olamsport YouTube sahifasidagi Fightback ko'rsatuvida malum qilishicha, Erkinov ham jarohat olib, musobaqada jang qila olmasligi aniq bo'lgan.
Sayat Abdualiga esa ikkinchi marotaba yangi raqib topildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar