14 dek 20:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Odiljon Aslonov - 80 kg vaznda O'zbekiston chempioniga aylandi!
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport arenasida boks bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston birinchiligining final janglari bo'lib o'tmoqda.
Bugun, musobaqaning so'nggi, oltinchi kuni doirasida Buxoro viloyati vakili Odiljon Aslonov - 80 kg vazn toifasida final jangida xorazmlik Dilshodbek Ro'zmetovga qarshi ringga chiqdi. Mazkur jang to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning qarori bilan Odiljon Aslonov g'alaba qozonib, O'zbekiston chempionati oltin medaliga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar