03 noy 21:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Odiljon Aslonov koreyalik raqibga qarshi jang qildi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Bugun -80 kg vaznli bokschimiz Odiljon Aslonov musobaqadagi ishtirokini boshladi.
Hamyurtimiz ilk bosqichda Janubiy Koreya vakili Park Jin Xunga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Endi hamyurtimiz navbatdagi jangini Hindiston vakili Laksha CHaxarga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar