10 fev 17:36
Yangiliklar

Odiljon Aslonovning jangi 7-raunddan so'ng to'xtatildi
Ushbu jang kechasi doirasida hamyurtimiz Odiljon Aslonov ringga ko'tarildi.
Ushbu bahsda Odiljonga gruziyalik bokschi Rafi Xchoyan raqiblik qildi. 8 raundga mo'ljallangan jangda hamyurtimiz katta ustunlikka ega bo'ldi. Bahs 7-raunddan so'ng to'xtatildi. Gruziyalik bokschining sekundantlari aynan 7-raund tugaganidan so'ng jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi.
SHu tariqa, Odiljon Aslonov faoliyatidagi 8-jangida 7-g'alabasini qo'lga kiritdi. U 1 marotaba durang qayd etgan.
Xchoyanning rekordi esa bugungi jangdan so'ng 2 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang ko'rinishiga keldi.
Avvalroq, mazkur jang oqshomida boshqa bir hamyurtimiz Bobousmon Baturov ham jang o'tkazib, g'alaba qozongani haqida xabar qilgandik.
Fikrlar