01 sen 07:58
Yangiliklar
Odilov va Toshtemirovda oltin, Guljanoy ikki karra Paralimpiya o'yinlari sovrindori!
Kechki dasturda para taekvondo bo'yicha erkaklar o'rtasida -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Asad Toshtemirov meksikalik Luis Mario Najerani 38:17 hisobida engib, Paralimpiya chempioniga aylandi.
O'zbekiston delegaciyasiga yana bir oltin medalni para engil atletikachimiz taqdim etdi. F57 klassining nayza uloqtirish bahslarida qatnashgan Yorqinbek Odilov chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarini to'rtinchi o'rinda yakunlagan Yorqinbek musobaqada 50.32 metr natija ko'rsatdi.
Mahoratli para taekvondochimiz Guljanoy Naimova esa Paralimpiya o'yinlaridagi ikkinchi medalini qo'lga kiritdi. K44 klassida +65 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz britaniyalik Emi Tryusdeylga qarshi chempionlik jangida jarohat sabab bahsni yakunlay olmadi va kumush medal bilan cheklandi.
Takidlash joiz, bu Guljanoy uchun Paralimpiya o'yinlaridagi ikkinchi medal bo'ldi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida u oltin medalga ega chiqqan edi.
SHu tariqa, delegaciyamiz hisobidagi medallar hozricha 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.
Fikrlar