24 may 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Odilxonning boksdagi debyut jangi uchun raqibi o'zgardi
Ertaga Qirg'izistonning O'sh shahrida boks bo'yicha Alatoo Boxing League 4 musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Odilxon Kamolov mezbon yurt vakili Marsel Nurlanbek Uuluga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi.
Lekin Liga matbuot xizmatining malum qilishicha, ushbu jang ABL 4 turnirida o'tkazilmaydi. SHunday bo'lsa-da, har ikki bokschi turnirda ishtirok etadi.
Yangilanishlarga ko'ra, Kamolov ertaga boshqa bir qirg'iz sportchisi — Manas Orozov bilan jang qiladi.
Janglar oqshomi ertaga 18:00 da boshlanadi.
Avvalroq, Kamolov Octagon League tomonidan diskvalifikaciya uchraganidan keyin dastlab, Alash Pride, keyinroq esa Open FC MMA Ligalari bilan shartnoma imzolagandi.
ABL 4 turnirining to'liq kardi:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar