27 jan 12:43
Yangiliklar
Dzyudo
Odivelash Gran-prisi. Terma jamoamiz ilk kundan so'ng umumjamoa hisobida peshqadam! (Foto)
Xabaringiz bor, kecha Portugaliyaning Odivelash shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumidagi turnir start oldi.
Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasining ikki nafar azosi — Dilshod Baratov va Diyora Keldiyorova oltin medalni qo'lga kiritdi.
Ahamiyatlisi, terma jamoamiz turnirning ilk kunidan so'ng umumjamoa hisobida peshqadam bo'lib turibdi.
Ikkinchi o'rindagi Yaponiya termasi hisobida esa 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali mavjud. Koreya terma jamoasi esa bitta oltin medal bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Bugun Gran-prida yana olti nafar hamyurtimiz gilamga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar