So’nggi yangiliklar

11:07Шавкат Раҳмонов Майкл Моралес билан жанг қилишга тайёр 0 10:36Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизнинг иштирокига гувоҳ бўламиз 0 10:05"Хоразм" "Нефтчи" билан ўйинда тарихий натижа қайд этди 0 09:34Қудратилло Абдуқаҳҳоров Австралияда камар учун жанг қилади 0 09:03"Боладан конфет олиб қўйишдек осон". Хирн Уайт билан можаро ҳақида гапирди 0 08:32Нодирбек Абдусатторов: “Кўп хатолар психологиядан келиб чиқади” 0 08:01Роналду Мессининг хайрлашув постига жавоб қайтарди 0 18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0 14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0

13 sen 19:27
Yangiliklar

Futbol

O'FA terma jamoalar bo'limiga ochiq savol: 2 ta o'yin kam emasmi yoki yana "oqlar-ko'klar"ga qaytamizmi?

Teglar :  FIFAO'FA
Navbatdagi FIFA kunlari boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

21 sentyabrdan 6 oktyabrcha bo'lgan 16 kunlik FIFA kunlari kutib turibdi. Bu davrda milliy terma jamoalar bemalol 4 ta bahs o'tkazish imkoniga ega.

Soddaroq aytganda, futbol dunyosi katta tezlikda oldinga intilmoqda. Biz esa hanuz “raqib kim bo'larkin? “ degan savol bilan kun sanab o'tiribmiz.

Yaqingacha Argentina-yu Urugvay, Evropaning o'rtamiyonalari va Afrikaning jismonan baquvvat jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazib, o'zimizni chalg'itishga, elitaga yaqinlashdik degan illyuziya bilan yashashga o'rganib qolgandik. Ammo yaqindagina o'tgan Jahon chempionati, undagi shafqatsiz haqiqatlar ko'zimizni ochdi. Futbol bizga shunday beshafqat ko'zgu tutdiki, unda asl qiyofamizni, Osiyo va dunyo futbolidagi asl o'rnimizni ko'rib, sovuq ter bosdi.

Suniy ravishda yaratilgan manzilga emas, o'z darajamizga qaytish vaqti keldi. Osiyo jamoalari raqibligini eshitib tabimiz hira bo'layotgan bo'lsa, demak, muammo raqibda emas, mag'rurligimizda. O'zimizga haddan tashqari yuqori baho berib yuborganimizda. Endi Osiyoga qaytamiz.

Forslar doimgi raqib, Koreya bilan mo'jiza kutmang

Hozircha oldindagi FIFA kunlarida ikki raqib aniq: Eron va Janubiy Koreya.

Forslar bilan to'qnashuvlar tarixiga qarasang, xuddi bir filmni qayta-qayta ko'rayotgandaysan. Rasmiy turnir, o'rtoqlik musobaqasi, saralash — Eron bizning doimiy va zerikarli hamrohimizga aylanib bo'ldi.

5740.jpg

Janubiy Koreya bilan qarama-qarshilik esa boshqa masala. Ularni rostdan ham sog'indik. Oxirgi marta 2018 yilda, Avstraliya maydonlarida Ektor Kuper boshchiligida Koreyaga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib, Livan bilan 0:0 hisobli durangni boshdan kechirgandik. O'shanda ham Osiyo kubogi oldidan hozirlik ko'rayotgan edik. Oradan yillar o'tdi. Bir avlod nafaqaga chiqdi, yangisi keldi. SHu davr ichida biz 1 ta mundial orzusi bilan yashagan bo'lsak, koreyaliklar 3 ta Jahon chempionatini boshdan kechirishdi.

Bu safar Kannavaro yangi nomlarni qanday sinashi qiziqdir. Lekin tan olish kerak, bu o'yindan ham hech kim mo'jiza kutayotgani yo'q. O'z nomi bilan bu o'rtoqlik uchrashuvi.

5741.jpg

Do'ppini bir chetga qo'yib gaplashamiz: Yana o'sha eski “kasallik”mi?

Asosiy va eng og'riqli savol ochiqligicha qolmoqda: Qolgan 2 ta o'yinga raqib qani?

FIFA kunlari boshlanishiga bir hafta qolganda, butun futbol olami raqiblarining taktikasini o'rganayotgan bir paytda, bizda hanuz raqib qidirilmoqda. Boshqa terma jamoalarda sparring-raqiblar allaqachon elon qilinib, logistika va mehmonxonalar band qilib bo'lingan. Bizda esa sukunat.

Yana o'sha eski, achchiq xotiralar yodga tushadi. Vaqtida raqib topa olmay, “oqlar” va “ko'klar”ga bo'linib o'ynaganlarimiz, Superligadagi legionerlardan yig'ilgan terma jamoaga qarshi maydonga tushirganimiz... Evropa va Janubiy Amerikaning eshigini qoqib, Argentinadan tortib Avstraliyagacha xat yozib chiqqanlarimiz... Turkiya milliy terma jamoasi Toshkentga kelishi aniq bo'lib turganda, oxirgi soniyalarda o'yinning bekor qilinishi…

5737.jpg

Nahotki, o'sha beburd va professionallikdan yiroq kunlar yana qaytmoqda?

CHiroqlari o'chgan o'zbek futboli

Agar faraz qilaylik, tasodifan raqib topildi ham deylik. Xo'sh, ularni qaerda qabul qilamiz? Mana bu erda tomoshaning eng kulgili va og'riqli qismi boshlanadi.

Poytaxtdagi asosiy stadionimiz —

“Bunyodkor”ning ahvoliga qarab yig'lashni ham, kulishni ham bilmaysan. Birining chimi abgorlikdan endi-endi o'ziga kelyapti. Toshkentning boshqa bir burchagida esa svet yo'q! Ajabtovur komediya: paytida millionlab dollar sarflab qurilgan, mamlakatning bosh arenasi hisoblangan stadionda oddiy chiroq va maydon chimi muammo!

Biz XXI asrda, Jahon chempionatida qatnashgan terma jamoa poytaxtda xalqaro o'yin o'tkaza olmaydigan darajada zaifmiz. Jahonning gigant jamoalarini qo'ying, Osiyoning o'rtamiyona termasini ham bunday arenaga taklif qilish — shunchaki uyat! Yaxshi ham bitta o'yinni Farg'onada qabul qilamiz.

Bunday sharoitda nafaqat raqib topish, balki Toshkentda o'yin tashkillashtirishning o'zi katta so'roq ostida qoladi.

5744.jpg

Xulosa o'rnida

Milliy terma jamoa — bu tajriba o'tkazish maydoni emas. Kannavarodan Osiyo Kubogida natija kutiladi. Ikkita o'yin bilan cheklanib, qolgan kunlarni kim raqib bo'lishini kutib o'tirish, bilmadim.

O'FA va terma jamoalar bo'limidan rasmiy va aniq javob kutamiz: Biz kelajakka tayyorgarlik ko'ryapmizmi yoki yana “oqlar-ko'klar” o'yiniga chipta sotamizmi?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing