So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

19 may 16:29
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Og'ir vazn “gigantlari” Saudiyada jam bo'ladi, hozircha nimalar malum?

UFC prezidenti Dana Uayt yaqinda boksni jiddiy tarzda tanqid qilgandi.

Dananing fikricha, boksda tashkilotchilik darajasi o'ta past, voqealar zerikarli va faqat bir yoki ikkita yaxshi janglar bor. To'g'ri, Uaytning so'zlarida jon bordek, biroq boks “kattalari” ham shunchaki “qo'l qovushtirib o'tiribdi”, deb bo'lmaydi. 

Misol uchun, boksni qadrlaydigan Saudiya Arabistonida og'ir vazndagi to'rt nafar eng yaxshi jangchi – Tayson Fyuri, Entoni Joshua, Aleksandr Usik va Deontey Uaylder ishtirokida super turnirga tayyorgarlik ko'rilmoqda. 

Taxminlarga ko'ra, turnir dekabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, u davraviy tizimda tashkil etiladi. Yarim finallarda Fyuri – Usik, Joshua – Uaylder qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Finalda juftlik g'oliblari o'zaro to'qnash keladi. Avvalroq, ushbu musobaqa uchun Fyuri 90 million funt, Usik 50 million funt, qolgan ikki ishtirokchi 30 million funtdan olishi aytilgan edi, ammmo ushbu xabarlar shunchaki mish-mish ekanligi malum qilindi.


“Bu raqamlar nima uchun oshkor etilganini bilmayman. Nimaga bu taxminiy raqamlar yozilgan? Nima uchun? Nima qilmoqchisizlar? Bundan maqsadingiz nima o'zi? Bu mantiqsizlik va shunchaki yolg'on. Xo'sh, unda nega bu haqida yozish kerak? Asosli malumotlarni Skill Challenge Entertainment promouterlik kompaniyasi chiqarmaguncha, qolgan barcha raqamlar nolga teng.

Televizion tarmoqlar va promouterlar bilan aloqalar? Ochig'ini aytaman, tashkillashtirishga kelganda hamma moddiy tomondan qoniqish hosil qiladi. SHahzoda Xolid rozi bo'lsa, biz muzokaralarni boshlaymiz. Biz gaplashadigan barcha tomonlar tarmoqlar bilan munosabatlardan qoniqishlari mumkin va bu muammo bo'lmaydi. Sodir bo'lajak voqelik, boksdagi eng katta tomosha bo'ladi”, – deydi Skill Challenge Entertainment promouterlik kompaniyasi rahbari Amer Abdulloh.


Ha, shahzoda Xolid va uning jamoasi ko'p pulga ega. Bunday imkoniyatlar bilan promouterlar, bokschilar va boshqa biznes “akulalar” bilan bog'liq har qanday muammoni hal etish mumkin. Biroq dekabrga qadar 6 oy vaqt bor, agar turnir ishtirokchilari boshqa janglarda to'satdan jarohat olib qolsa, ularning Saudiyaga kelishi so'roq ostida qoladi. Katta nomlar yaxshi, lekin mutlaq jahon chempioni unvoni xavf ostida bo'lmasa, tadbirning qiymati keskin tushib ketadi.

Saudiya ijodiy jamoasining jiddiy niyatlarini elita promouteri Eddi Xirn ham tasdiqladi: “Ular ushbu ikki jangni bir kechada o'tkazishni juda qattiq xohlashmoqda. Bu haqida ularning o'zlari bilan ikki hafta oldin gaplashganimda malum qilishdi. O'zim ham ularning istaklari jiddiy ekanligini tasdiqlayman. Men ularga kafolat beraman, chunki bunda avval saudiyaliklar bilan ikki marta ishlaganman. Bu odamlar barcha ishtirokchilarga yaxshigina pul to'laydi”, – deydi Xirn.  

Umid qilamizki, dekabr oyidagi superturnir, albatta bo'lib o'tadi. Boks ishqibozlari uzoq yillardan buyon yuqori saviyali janglarni kutgan holda shunday buyuk voqelikka munosib edilar. To'rttala “charm qo'lqop ustalari” ham o'ziga xos uslub sohiblari hisoblanadi. Ularning janglarini ko'rish hamisha yoqimli, ayniqsa biri biriga qarshi bo'lsa. Nima bo'lgan taqdirda ham Saudiyadagi musobaqani intiqlik bilan kutamiz! 


Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing