04 may 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA

"Oila dardiga sherikman". Ngannu 17 yoshli qiz vafotidan keyin ilk bor bayonot berdi
UFC sobiq chempioni Frensis Ngannu Kamerunda sodir bo'lgan avtohalokat haqida fikr bildirdi.
"Avval boshidanoq men uning oilasi yonida bo'lib, qo'llab-quvvatlab, tasalli berib, chuqur hamdardlik bildirdim. Men ularning dardini baham ko'rish uchun ular bilan shaxsan uchrashdim va har qadamda qo'llab-quvvatlashda davom etaman. Ularning dardini baham ko'raman, bu og'riqli yo'qotishda mening sobit fikrlarim va yordamim ular bilan qoladi", dedi Ngannu.
Eslatib o'tamiz, sportchi motociklda 17 yoshli qizni urib yuborgan va operaciya qilinganiga qaramay, uni qutqarib qolishning imkoni bo'lmagan. Ish qasddan odam o'ldirish sifatida ko'rilmoqda.
Havola :
Manba : TMZ Sports
Fikrlar