02 jan 14:45
Yangiliklar
Tennis
Oje Adelaidadagi turnir startida 120-raketkaga yutqazib qo'ydi
Avstraliyaning Adelaida shahrida mukofot jamg'armasi 521 000 dollarni tashkil etuvchi turnir start oldi.
ATR reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan kanadalik Feliks Oje musobaqaning ilk davrasida jahonning 120-raketkasi, avstraliyalik Aleksey Popiringa qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 53 daqiqa davom etgan uchrashuvda Popirin raqibini 6/4, 7/6 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu Popirinning Top-10`dagi tennischilarga qarshi 12-uchrashuvi va uchinchi g'alabasi bo'ldi. Bu tennischilarning birinchi rasmiy uchrashuvi edi. Adelaide International musobaqasining ikkinchi bosqichida avstraliyalik tennischi amerikalik Markos Xiron bilan o'ynaydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar