06 jan 12:17
Yangiliklar
Tennis
Oklend (WTA). Svitolina bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida tennis bo'yicha WTA turniri davom etmoqda.
Dunyoning 25-raketkasi bo'lib turgan Elina Svitolina musobaqaning ilk finalchisiga aylandi. Ukrainalik tennis malikasi 1/2 finalda WTA reytingida 71-pog'onadan joy olgan xitoylik Syu Van ustidan irodali g'alabaga erishdi - 2/6, 6/4, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 11 daqiqa davom etgan bahsda Svitolina 6, Van 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar soni har ikki tennischida ham 4 tani tashkil etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar