So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

26 avg 10:00
Yangiliklar

Gimnastika, Osiyo o'yinlari

Oksana CHusovitina: "Osiyo o'yinlaridagi medalimni mamlakatimiz Prezidentiga bag'ishlayman"

Teglar :  Oksana CHusovitina
Xabaringiz bor, Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

Unda o'zbekistonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Bir necha kun oldin o'zbek sporti afsonasi, Olimpiya o'yinlarining etti karra ishtirokchisi Oksana CHusovitina sport gimnastikasining tayanib sakrash bahslarida kumush medal sohibasiga aylandi.

Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu muvaffaqiyatdan so'ng Oksana CHusovitina bilan suhbat uyushtirdi.

-Bilasizmi, musobaqaga tayyorgarlik jarayoni juda qattiq o'tdi. Bu kumush men uchun oltinga teng. SHohsupada ikkinchi bo'lib turibmanki, demak hali qiladigan ishlarim bor. Xatolarni to'g'irlab, oldinga qarab harakat qilishim kerak. O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Sizning qanday tayyorgarlik ko'rganingizni musobaqa va uning yakuniy natijasi ko'rsatib beradi.

-Raqiblaringizga etibor beradigan bo'lsak, ular 16-17 yoshda ekanligini ko'rishimiz mumkin. Ularga qarshi kurashish qiyin bo'lmaydimi?

-Raqiblarimning yoshiga xech qachon ahamiyat bermayman. Men o'zim tayyorlagan mashqlarni ko'rsatib beraman. Unga hakamlar baho berishadi. Barchasi siz mashqni qanday bajarishingizga bog'liq.


-Siz O'zbekiston terma jamoasi safida ko'plab kompleks musobaqalarda ishtirok etgansiz. Indoneziyada bo'lib o'tayotgan Osiyo o'yinlari qolgan musobaqalardan nimasi bilan farq qilmoqda? Umuman, tashkiliy masalalar haqida nima deya olasiz?

-Tashkiliy tomonlama... Buni muhokama qilishimiz shart emas. CHunki, barcha sportchi bir hil sharoitda chiqish qiladi. Kimdir ajratib qo'yilmagan. Barcha bir hil xonalarda yashaydi, bitta joyda ovqatlanadi, bitta joyda mashg'ulotlar olib boradi. Muhimi, musobaqaga chiqib, oxirigacha kurashish lozim.

-Siz ettita Olimpiadada ishtirok etgan jahondagi yagona gimnastikachi hisoblanasiz. Aynan shu sababli ham sizni "Ginnes rekordlari" kitobiga kiritishgan, shuningdek, xalqaro gimnastika federaciyasining "SHon-sharaf zali"dan ham o'rin olgansiz. Etiborlisi, siz faoliyatingizni tugatmay turib ushbu etirofga sazovor bo'ldingiz. Bu muvaffaqiyatlardan qay darajada fahrlanasiz va ular sizga qay darajada kuch bera oladi?

-Men bundan juda fahrlanaman. Ushbu muvaffaqiyatlarga O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib erishganman. Vatanimga qaytib, mamlakatimiz nomidan musobaqalarda ishtirok etishni uzoq vaqt kutdim. Mening katta orzuim bor. Men aynan shu maqsad sari olg'a boryapman. Barcha mendan so'raydi: "Sen nima uchun haliyam musobaqalarda ishtirok etasan, bunga qandaydir motivaciya bormi?". Bunga doimo bir hil javob beraman. Menda hali ushalmagan bir orzuim va maqsadim bor. Unga erishishni juda-juda istayman. Ettita Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan bo'lsamda, O'zbekiston uchun medal yutib bera olmaganman. Vatanim uchun Olimpiada medalini taqdim etish mening eng asosiy maqsadimdir. Olimpiadada sovrindor bo'lish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman.

-Oksana, ushbu Osiyo o'yinlarini siz uchun Tokiodagi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi desak bo'ladimi? O'sha paytda ham O'zbekiston terma jamoasi safida bo'lasizmi?

-Bilasizmi, har bir musobaqada biz raqiblarimizni o'rganamiz, ularning harakatlarini kuzatamiz, qattiq tayyorgarlik ko'ramiz. Men o'z holatimga doimo real baho beraman. SHu yilning noyabr oyidan Olimpiya o'yinlari uchun saralash musobaqalari, yani Jahon kubogi bosqichlari boshlanadi. O'sha musobaqalar orqali biz reyting ochkolari to'plab boramiz. O'z oldimga maqsad qo'ydimmi, uni albatta amalga oshiraman. O'tgan yili dekabr oyida mamlakatimiz Prezidenti bilan uchrashgandim. U shunday so'zlarni aytdiki, men yanada ruxlanib ketdim. Respublikamiz rahbari meni kuzatmoqda, menga muxlislik qilmoqda. Ushbu ishonchni oqlash, men bilan fahrlanishlari uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Osiyo o'yinlarida qo'lga kiritgan ushbu medalimni aynan Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevga bag'ishlayman va ularga kattadan-katta rahmat aytib qolaman.

-Faoliyatingizni yakunlagandan so'ng murabbiylik qilish haqida o'ylab ko'rdingizmi?

-Hali yana ikki yil bor. Bu gimnastikachi uchun juda katta vaqt. Men O'zbekistonda gimnastika yanada rivojlanishini, yuqori saviyaga ko'tarilishini va bunga o'z hissamni qo'shishni judayam istayman. Bizda bir necha yildan so'ng katta arenalarga chiqa oladigan ko'plab yoshlarimiz bor. SHuning uchun, men murabbiy va yoshlarga o'z tajribamni, maslahatlarimni berib boraman.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
26 avg 14:48:24
Salohiddin Turdimatov
Молодец
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing