17 mar 18:08
Yangiliklar
Gimnastika
Oksana CHusovitinadan navbatdagi oltin medal!
Jahon sporti afsonalaridan biri hisoblangan 42 yoshli hamyurtimiz Oksana CHusovitina Boku shahrida o'tkazilayotgan jahon kubogi bahslarida ishtirok etdi.
Sportchimiz o'zining sevimli yo'nalishi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida 14,300 ball to'pladi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Uning eng yaqin taqibchisi hisoblangan mezbon sportchi Marina Nekrasova 13, 833 ball jamg'ara oldi. Uchinchi o'rin esa sloveniyalik Tyas Kisselefga nasib etdi.
Takidlab o'tish lozimki, musobaqada 25 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, Oksana bir necha hafta oldin Xyustonda o'tkazilgan musobaqada uchta oltin va bitta kumush medalini qo'lga kiritgandi. 2017 yilda esa CHusovitina Boku, Doha va Kotbusdagi jahon kubogida, shuningdek, Ozarbayjondagi Islom birdamlik o'yinlarida shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egallagandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar