08 mar 08:35
Yangiliklar
Velosport
Olga Zabelinskaya Turkiyadagi xalqaro musobaqada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi
Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan velosportchilarimiz navbatdagi musobaqada ishtirok etishdi.
Alanya shahrida o'tgan “Grand Prix Gündoğmuş” musobaqasida hamyurtimiz Olga Zabelinskaya muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
68.7 kilometr masofaga kechgan poygada Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari licenziati marra chizig'ini ikkinchi bo'lib kesib o'tdi. Birinchi va uchinchi o'rinlar esa rossiyalik sportchilarga nasib o'tdi. Hamyurtimiz g'olib Alyona Ivanchenko bilan kechgan raqobatda 7 soniya imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Grand Prix Gündoğmuş. Alanya, Turkiya
Ayollar, 68.7 km
1. Alyona Ivanchenko (Rossiya) – 2:15.50
2. Olga Zabelinskaya (O'zbekiston) – 2:15.57
3. Mariya Novolodskaya (Rossiya) – 2:16.09
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar