23 okt 12:37
Yangiliklar

Olimjon Nazarov Seulda WBO kamarini himoya qildi
Oqshomning anderkard jangida hamyurtimiz Olimjon Nazarov (31-26-5, 14 KO) WBO Oriental kamarini himoya qildi. Uning raqibi filippinlik Maykl Mendoza (14-12-1-1, 4 KO) bo'ldi. O'n ikki raund to'liq davom etgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan 115:113 hisobidagi g'alabani Nazarovga taqdim etishdi.
Malumot uchun, Olimjon Nazarov ayni paytda WBO reytingida 3-o'rinni egallab turibdi. Birozdan so'ng kechaning markaziy to'qnashuvi ayollar o'rtasida bo'lib o'tadi. Unda kunchiqar yurt vakilasi Etsuko Tada (26-20-3-3, 7 KO) o'ziga tegishli WBO kamarini vetnamlik Txu Nxi Nguyandan himoya qiladi. Ushbu jang 10 raundga mo'ljallangan. Vetnamlik davogar bokschi bo'lajak jangga tayyorgarlikni Toshkentda o'tkazgan edi.
Fikrlar