05 avg 11:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimjon Nazarov va Nodirjon Mirzahmedov Toshkentda navbatdagi janglarini o'tkazishdi
Poytaxtimizdagi "Jar" sport kompleksida kichik prof boks oqshomi tashkil etildi.
Uning markaziy jangida o'ta engil vazn toifasida WBO Oriental va WBO International kamarlari sohibi, o'zbekistonlik Olimjon Nazarov Qirg'iziston vakili Mirlan Turkibay Uuluga qarshi ringga chiqib, 10 raundlik bahsda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Bundan tashqari, havaskor boksdagi faoliyati orqali tanilgan Nodirjon Mirzahmedov musobaqa doirasida prof boksdagi debyut jangini o'tkazdi. U qozog'istonlik Assan Kalmaxanovni ochkolar hisobiga ko'ra engib, ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar