So’nggi yangiliklar

21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0 10:45Эрон ЖЧ-2026 вақтида Мексикада яшайди, лекин... 0

23 okt 09:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Olimjon Nazarov va yana uch bokschimiz taroziga chiqdi, bugun u Seuda WBO kamarini himoya qiladi + FOTO

Bugun Janubiy Koreaning Seul shahrida "Cocybuffalo Promoutions" kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, bugungi boks kechasida charm qo'lqop ustalarimiz ham o'z janglarini o'tkazishadi. O'zbekiston, Yaponiya. Janubiy Koreya, Vetnam hamda Filippin bokschilari ishtirokida 8 ta jang bo'lib o'tadi.

Kechaning anderkardida ringga chiqadigan Olimjon Nazarov (30-25-5, 14 KO) WBO Oriental kamarini himoya qiladi. Uning raqibi filippinlik Maykl Mendoza (14-11-1-1, 4 KO) bo'ladi. Kecha bokschilar tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi va belgilangan vazn meyorini bajarishdi.   

Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:

8 raundlik jang

Ravshanbek SHermatov (7-1, 2 KO) – Dong-Xo Keum (6-3-2, 4 KO) (Janubiy Koreya) 

Abdulazizbek Najmiddinov (7, 6 KO) – Sung-Xyon Kim (4-2-2, 3 KO) (Janubiy Koreya)

10 raund

Abdurasul Ismoilov (9-1, 5 KO) – Moo-Xyun Kim (8-1, 3 KO) (Janubiy Koreya)

12 raund

Olimjon Nazarov (30-25-5, 14 KO) – Maykl Mendoza (14-11-1-1, 4 KO) (Filippin)

Boks kechasining markaziy to'qnashuvi ayollar o'rtasida bo'lib o'tadi. Unda kunchiqar yurt vakilasi Etsuko Tada (26-20-3-3, 7 KO) o'ziga tegishli WBO kamarini vetnamlik Txu Nxi Nguyandan himoya qiladi. Ushbu jang 10 raundga mo'ljallangan. Vetnamlik davogar bokschi bo'lajak jangga tayyorgarlikni Toshkentda o'tkazgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing