23 apr 18:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimjon Nazarovning o'zidan 14 yosh kichik raqibga qarshi WBO kamari himoya jangi yakunlandi
O'ta engil vazn toifasida WBO yo'nalishida beshinchi o'rinni egallab turgan Olimjon Nazarov Vetnamda ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda bokschimizga filippinlik Jerom Balor raqiblik qildi. 10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda bokschimiz 96-94, 96-94, 96-94 hisoblarida g'alaba qozondi.
Bu g'alaba orqali hamyurtimiz o'ziga tegishli WBO Oriental kamarini himoya qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar