So’nggi yangiliklar

10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0

17 okt 09:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Olimpiada-2018. Xalakov oltin, yana ikki bokschimiz bronza medali uchun ringga chiqadi

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari o'z nihoyasiga etib bormoqda.

O'zbekistonlik muxlislar uchun albatta boks bo'yicha bahslar katta qiziqishga sabab bo'lmoqda. Bugun uch nafar bokschimiz yarim finalda o'z janglarini o'tkazishdi.

-69 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Jahongir Rahmonov argentinalik Agustin Arreguiga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. -81 kg vaznli Timur Merjanov rossiyalik Ruslan Kolesnikovga mag'lub bo'ldi.

-56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abdumalik Xalakovning argentinalik bokschi Mirko Kueloga qarshi jangi esa kechaning eng shiddatli to'qnashuvlaridan biri bo'ldi. Arenaga yig'ilganlarning asosiy qismi albatta bu jangda mezbon bokschiga muxlislik qilishdi, jang davomida qo'llab-quvvatlashdi. SHunga yarasha Kuelo ham jangni ajoyib o'tkazdi. Ammo, bahs davomida ko'proq ustunlikka erishgan Abdumalik yakunda g'alaba qozondi va final yo'llanmasiga ega bo'ldi.

Endi ikki nafar bokschimiz bronza medali uchun jang qilsa, biri oltin medal uchun ringga ko'tariladi.

17 oktyabr:

Bronza medali uchun:

-69 kg: Jahongir Rahmonov – Nijat Hasanov (Ozarbayjon) (22:00).

 18 oktyabr:

Oltin medal uchun:

-56 kg: Abdumalik Xalakov – Maksim Kalinichev (Ukraina) (21:30).

Bronza medali uchun:

-81 kg: Timur Merjanov – Yusuf Ali Karar (Misr) (22:45).

Izoh: Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing