04 avg 07:20
Yangiliklar
Karate, Tokio-2020
Olimpiada-2020 dasturiga yana beshta sport turi kiritildi
Yozgi Olimpiya o'yinlari oilasi yana beshta sport turiga ko'paydi.
Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkazilayotgan Xalqaro olimpiya qo'mitasining 129-sessiyasida karate, serfing, beysbol, qoyagirlik va skeytbording sport turlari 2020 yili Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish haqida qaror qabul qildi.
Taxminlarga ko'ra, yuqorida nomlari zikr etilgan sport turlarini dasturga kiritilishi Olimpiya o'yinlarining medallar jamlanmasini yana 18taga oshiradi.
Xalqaro olimpiya qo'mitasidan malum qilinishicha, yangi sport turlari biror-bir sport turining o'rniga kiritilmaydi, balki ular Olimpiya o'yinlari dasturini yanada to'ldiradilar.
SHavkat Jalilov, Rio-de-Janeyro shahridan tayyorladi
Havola :
Fikrlar