21 apr 15:39
Yangiliklar
Olimpiada-2020: futbol musobaqasi guruh bosqichiga qura tashlandi
Bugun, 21 aprelda 16 jamoani 4 guruhga bo'luvchi qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi 1/4 finalga chiqadi. Olimpiadada futbol musobaqasi muddati - 21 iyuldan 7 avgustgacha. Har bir terma jamoa 18 o'yinchini, qo'shimcha tarzda 4 zaxira o'yinchisini (jarohat, kasallik yoki fors-major holatlarida) qaydnomadan o'tkazishi mumkin. Ular orasida uch nafar 24 yoshdan katta bo'lgan o'yinchilar bo'lishi mumkin.
A guruhi: Yaponiya, JAR, Meksika, Franciya;
V guruhi: Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Gonduras, Ruminiya;
S guruhi: Misr, Ispaniya, Argentina, Avstraliya;
D guruhi: Braziliya, Germaniya, Kot-d'Ivuar, Saudiya Arabistoni.
Eslatib o'tamiz, 2016 yildagi turnirda Braziliya finalda Germaniyani penaltilar seriyasida mag'lub etgan holda g'olib bo'lgan. Qiziq jihati, bu safar bu ikki finalchilar bir guruhdan joy olishgan.
Fikrlar