09 avg 08:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada chempioni Ebert Souza Konseysao Toshkentda!
Xabaringiz bor, 13 avgust kuni "Lift" promouterlik kompaniyasi tomonidan poytaxtimizdagi “Humo Arena”da katta boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Ushbu yulduzli oqshom ishtirokchilari hamda martabali mehmonlarining yurtimizga tashrifi boshlandi. Birinchilardan bo'lib Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, jahon chempioni, braziliyalik Ebert Souza Konseysao murabbiyi hamrohligida Turkiya havo yo'llarining TK368 reysi bilan biroz avval Toshkentga etib keldi.
Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston professional boks federaciyasi hamda "Lift" promouterlik kompaniyasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar