20 fev 19:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Olimpiada chempioni Geybl Stiveson MMAdagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi (VIDEO)
Mexiko shahrida tashkil etilgan MFL 3 turnirining asosiy jangi erkin kurash bo'yicha Olimpiya o'yinlari g'olibi Geybl Stiveson ishtirokida o'tdi.
Stiveson musobaqa markaziy bahsida meksikalik Ugo Lezama bilan to'qnash keldi.
Jang birinchi raundda Geyblning texnik nokaut orqali qo'lga kiritgan g'alabasi bilan yakunlandi.
Geybl Stivenson 25 yoshda. Erkin kurash bo'yicha 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi chempioni bo'lgan amerikalik sportchi 2025 yilda professional aralash jang sanati ustasi sifatida debyut qildi. Uning MMAda jami uchta g'alabasi mavjud.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar