05 avg 20:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Geybl Stivson UFC'dagi keyingi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi malum
20 sentyabr kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadigan UFC 331 turniridan o'rin olgan yana bir jang malum bo'ldi.
Turnir doirasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik og'ir vazn jangchisi Geybl Stivson hamyurti SHon SHarafga qarshi oktagonga chiqadi.
26 yoshli Geybl Stivson erkin kurash bo'yicha Olimpiya o'yinlari g'olibi hisoblanadi. U aralash yakkakurashlar (MMA)dagi faoliyatini 2025 yilda boshlagan bo'lib, 2026 yildan buyon UFCda jang qilib kelmoqda. Hozirgacha dunyoning eng nufuzli MMA promoushenida 1 ta g'alaba qayd etgan.
33 yashar SHon SHaraf esa 2024 yildan buyon UFCda ishtirok etib kelmoqda. Uning hisobida tashkilot doirasida 2 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar