So’nggi yangiliklar

17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0

09 mar 09:04
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Olimpiada ishtirokchisi Komil To'xtaev qishki universiadada startga chiqdi

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo'lib o'tayotgan Butunjahon qishki universiada o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilar o'z ishtiroklarini davom ettirishmoqda.

8 mart kuni tog' chang'ichilarimiz “Bobrovyy log” Fanparkida o'tkazilgan slalom-gigant bo'yicha bahslarda ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.  37 davlatdan 102 nafar sportchi qatnashgan bellashuvlar qizg'in bahslar boy bo'ldi. Keskin burilishlarga boy tepalikdan tezlik bilantushish sportchilarga oson bo'lmadi. Birinchi urinishdayoq xatoga yo'l qo'ygan va finish chizig'igacha etib kela olmagan 18 nafar sportchi bahslardan chetlashtirildi. Misol uchun keskin burilishda yo'l qo'ygan xatolari uchun supergigant bahslari g'olibi shveycariyalik Lukash Cippert bahslardan chetlatilgan bo'lsa, uning jamoadoshi superkombinaciya g'olibi Yannik SHablo 29-natijani qayd etdi. 

Pyongchangdagi qishki Olimpiya o'yinlarida bayroqdorimiz bo'lgan Komil To'xtaev birinchi chiqishda 59.48 natija qayd etdi. Ikkinchi chiqishda esa 1:03.43 daqiqada marraga etib bordi. Umumiy hisobda 2:02.91 natija ko'rsatgan Komil 102 nafar sportchi ichida 31-pog'onani qayd etdi. U peshqadam sportchidan 7.40 soniya kech finishga kirib keldi.

Yana bir sporchimiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Aldiyor Gaipov umumiy hisobda 2:20.90 natija bilan 51-o'rinni egallagan bo'lsa, ushbu muassasaning yana bir talabasi Damir Buxarbaev ikkinchi urinishda yo'l qo'yilgan xato sababli bahslardan chetlashtirildi.

Takidlash joiz, ushbu yo'nalishda oltin medalni mezbonlar vakili Ivan Kuznecov qo'lga kiritgan bo'lsa, kumush medal italiyalik Alberto Blendjiga va uchinchi o'rin shveycariyalik Livio Simonega nasib etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing