09 iyu 22:02
Yangiliklar
Olimpiada licenzianti G'ulomjon Abdullaev Poland Open g'olibi!
Poland Open reyting turnirida dunyoning ko'zga ko'ringan, aksari Tokio Olimpiadasiga yo'llanma qo'lga kiritgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillari ishtirok etyapti. Ular orasida yurtimiz sharafini erkin va yunon-rum kurashchilarimiz himoya qilishmoqda.
Quvonarlisi, bugun xalqaro turnirning ikkinchi kuni erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Tokio Olimpiadasi licenzianti 61 kg vazn toifasida ishtirok etdi.
Xorazmlik 22 yoshli kurashchimiz garchi ilk davrada hindistonlik Ravi Kumarga imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa-da, yakunda chempionlik shohsupasiga ko'tarilishni uddaladi. G'ulomjon ikkinchi davrada AQSH vakili Natan Halid Tomasello (12-1), uchinchi bosqichda qozog'istonlik Adlan Askarov (11-0), yarim finalda yana bir qozoq kurashchisi Nurislam Sanaevni 11-3 hisobida taslim etdi. Oltin medal uchun kechgan bellashuvda esa Kumar Ravini 5-3 hisobida engib, chempionlik bilan birga birinchi davradagi mag'lubiyat uchun revansh ham oldi.
Fikrlar