So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

11 fev 10:53
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Milan-Kortina-2026

Olimpiada oldidan ilk rasmiy mashg'ulotini o'tkazgan Eybog start oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi (FOTOGALEREYA)

SHort-trek bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Daniil Eybog Milan va Kortina-2026 qishki Olimpiadasida ishtirok etadi.

U 14 fevral kuni 500 m masofaga kechadigan poyga saralashida startga chiqadi. Sportchimiz start oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi va O'zbekiston MOQ axborot xizmatiga kichik intervyu berdi.

"Biz tayyorgarlik uchun belgilangan kichik muz saroyida belgilangan mashg'ulotlarimizni yakunladik. Asosiy kompleksda figurali uchuvchilar bo'lgani uchun hozir kichik arenadamiz. Muzga moslashib olyapmiz. Muz har kuni o'zgaryapti. Muz bazan qattiq, bazan yumshoq. Konkilarni unga qarab, sozlab olyapmiz. Barcha kerakli sozlamalarni to'g'ri amalga oshirib olyapmiz. Musobaqada maksimal natijani ko'rsatish uchun barchasini qilyapmiz. Startda yaxshi natija qayd etish uchun hozir asosiy ishni bajaryapmiz. Bugun Vengriya va Belgiyadan kelgan yigitlar bilan shug'ullandim. Ular menga ajoyib sparring sherik bo'lishdi. Umuman olganda, barcha sportchilar hozirda musobaqa uchun yuqori tayyorgarlik olib boryapti", deydi Eybog.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing