So’nggi yangiliklar

11:52Dushanbe Grand Slam 2026. Бугун 8 дзюдочимиз медаллар учун курашга киришади 0 11:31"Реал"нинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди 0 11:10Шон Стрикленд Хамзат Чимаев ҳақида: "UFC менинг бу ит билан мулоқотимни чеклашга уринмоқда" 0 10:49Нодирбек Абдусатторов: "Магнус ўйнашини эшитишим билан рози бўлдим" 0 10:28Istanbul Junior European Cup турнири старт арафасида 0 10:07Суперлига. Бугун 11-турга старт берилади 0 09:46Камару Усман собиқ чемпионга қарши жанг ўтказишга яқин 0 09:25"Сени боқаётган қўлни тишлашни бас қил" — Рози Кайла Харрисонга жавоб берди 0 09:04Дональд Трамп Оқ уй UFC турнирига тайёргарлик қачон бошланишини айтди 0 08:43А Серияда ой мураббийи маълум қилинди 0 08:22Сербиядаги илк UFC турнирининг илк жанги эълон қилинди 0 08:01TePe Sigeman 2026. Абдусатторов ғалаба билан бошлади. Магнус Карлсен очко йўқотди 0 19:46Маддалена Пратесга қарши! UFC Australia турнири иштирокчилари вазн ўлчаш маросимидан ўтишди 0 19:02"Бавария" 8 нафар футболчисини трансферга қўйди 0 18:39Мераб Двалишвили Пётр Янга қарши учинчи жангни қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0

18 iyu 10:34
Yangiliklar

Engil atletika, Olimpiya o'yinlari, Parij-2024

Olimpiada sari: Tarkibi yosharish bilan barobarida qisqargan engil atletikachilarimiz (Barcha tafsilotlar)

Franciya poytaxti Parij shahrida yozgi Olimpiya o'yinlari start olish arafasida.

Olamsport.com nashri shu munosabat bilan Parij-2024 Olimpiadasidagi o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid qiziqarli malumotlarni bo'lishib boradi.

Avvalroq, saytimiz orqali tarixda ilk bor Olimpiadada ishtirok etadigan kamonchilarimiz haqida malumot bergan edik.

Bu safar yozgi Olimpiadadagi eng ko'p medallar shodasi o'ynaladigan sport turlaridan biri - engil atletikada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz haqida so'z yuritamiz.

Parij Olimpiadasiga o'zbekistonlik engil atletikachilarning atigi besh nafari yo'llanma oldi. "Atigi" so'zini ishlatishimning boisini quyidagi statistikani ko'rib, tushunib olasiz.

O'zbekistonlik engil atletikachilar Olimpiadalarda:

Atlanta-1996 - 12 nafar sportchi 13 ta dasturda;

Sidney-2000 - 22 nafar sportchi 13 ta dasturda;

Afina-2004 - 11 nafar sportchi 11 ta dasturda;

Pekin-2008 - 12 nafar sportchi 12 ta dasturda;

London-2012 - 13 nafar sportchi 11 ta dasturda;

Rio-2016 - 16 nafar sportchi 14 ta dasturda;

Tokio-2020 - 7 nafar sportchi 6 ta dasturda.


Parijdagi XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarida esa 5 nafar engil atletikachimiz 5 ta dasturda chiqish qiladi.

SHohruh Davlatov (marafon)

Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash)

Safina Sadullaeva (balandlikka sakrash)

SHarifa Davronova (uch hatlab sakrash)

Ekaterina Voronina (ko'p kurash).

Sportchilarimiz ishtirok etadigan dasturlar haqida batafsil malumot berib o'tamiz.

Kichik tanaffusdan so'ng (so'nggi bor Rio-2016 Olimpiadasida) marafon dasturida Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan o'zbekistonlik birinchi sportchi SHohruh Davlatov bo'ldi. U musobaqaga tayyorgarlikni asosan Afrikaning Keniya davlatida olib borganini alohida takidlash zarur.

Ispaniyada o'tgan nufuzli "Valencia Marathon Trinidad Alfonso" musobaqasidagi natijasi orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan SHohruh Davlatov yozgi Olimpiadalar tarixidagi 30-marafonda qatnashadi. Dasturda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 83 nafar sportchi 42 km, 195 metr masofada g'oliblik uchun bahs olib boradi. 

Davlatov Olimpiadaga 2:07:02 natijasi orqali yo'llanma qo'lga kiritgan. Tokio Olimpiadasi g'olibi, keniyalik Eliud Kipchoge esa 2 soatu, 8 daqiqa 38 soniya natija qayd etgan edi. 

"Sirli tulpor" bo'lishi kutilayotgan SHohruh Davlatovning Olimpiadadagi ishtiroki 10 avgust kuniga to'g'ri keladi.

Anvar Anvarov esa reyting davri orqali Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Hamyurtimiz ishtirokidagi uzunlikka sakrash bahslari 4-6 avgust kunlari "Stad de Frans" stadionida o'tkaziladi.

Uzunlikka sakrash ham xuddi marafon singari yozgi Olimpiadalar tarixida 30-marta tashkil etiladi. Undagi Jahon va Olimpiada rekordi ikki amerikalikka tegishli. Mayk Pouell o'zining 8.95 metr natijasi bilan 1991 yil 10 avgustda Jahon rekordini o'rnatgan. Olimpiada rekordi esa Bob Bimonga tegishli (8.89 metr, Mexiko-1968 Olimpiadasida).

Bahslarda 32 nafar atlet bellashadi.

Balandlikka sakrash dasturida O'zbekiston sharafini tajribali Safina Sadullaeva himoya qiladi. Bu Safina uchun debyutant Davlatov va Anvarovdan farqli o'laroq, ikkinchi Olimpiada hisoblanadi. U Tokiodagi musobaqada 1.96 metr natija bilan 6-o'rinni egallagan edi.


Parij Olimpiadasida ayollar o'rtasida balandlikka sakrash bahslarining saralash bosqichi 2 avgust, final esa 4 avgust kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Unda 32 nafar sportchi kurash olib boradi.

SHuningdek, XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarida 17 yoshli Osiyo o'yinlari g'olibi SHarifa Davronova ham qatnashadi. Sportchimiz ham reyting davroi orqali yo'llanmaga ega chiqdi. 

U ishtirok etadigan uch hatlab sakrash bahslari 2-3 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu dasturda ham boshqalari kabi 32 nafar sportchi qatnashadi.

Amaldagi Olimpiada g'olibi venesuelalik Yulimar Rojas (15.76) hisoblanadi.

Engil atletika bahslarida muxlislik qiladigan so'nggi sportchimiz bu - Ekaterina Voronina. Ko'p kurash dasturida ikki karra Osiyo o'yinlari g'olib va sovrindori bo'lmish Voronina faoliyatidagi uchinchi Olimpiadasida ishtirok etadi. 

U bungacha Rio-2016 va Tokio-2020 (12-o'rin) yurtimiz sharafini himoya qilgan. Parij Olimpiadasida ayollar o'rtasidagi ko'p kurash bahslari 8-9 avgust kunlari o'tkaziladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing