So’nggi yangiliklar

15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

31 iyu 19:33
Yangiliklar

Dzyudo

Olimpiadada mustaqil O'zbekistonga ilk medalni taqdim etgan sportchi Armen Bagdasarovni tabriklaymiz

Bugun erishgan natijasi bilan nafaqat dzyudo, balki o'zbek sporti tarixiga kirishga muvaffaq bo'lgan inson - Armen Bagdasarov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Armen Yurevich - 1972 yilning 31 iyul kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Vladimir Pyataev qo'l ostida dzyudo sir-asrorlarini o'rgangan.

Armen Bagdasarov 1996 yili Atlantada o'tgan Yozgi olimpiya o'yinlarida mustaqil O'zbekiston terma jamoasiga ilk medalni taqdim etgan. AQSH tatamilarida -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan dzyudochimiz kumush medalni qo'lga kiritgan edi. 

Bagdasarov 1993-2001 yillarda O'zbekiston terma jamoasi azosi sifatida xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. 1996 yilda u Olimpiadadagi muvaffaqiyatli ishtirokdan tashqari Osiyo chempionligiga ham erishgan. 1998 yili Osiyo o'yinlari kumush medali sovrindori, 1999 yilda esa ikki karra Osiyo chempioniga aylandi. SHuningdek, u Osiyo chempionatining ikki karra bronza medali hamda Butunjahon talabalar Universiadasining kumush medali sohibi hisoblanadi.     

2001 yilda sportchilik faoliyatini yakunlagan Bagdasarov avvaliga terma jamoa bosh murabbiyi, keyin esa O'zbekiston dzyudo federaciyasi prezidenti lavozimida ishlagan. SHu bilan bir qatorda Respublika sport yakkakurashlari oliy sport mahorati maktabi direktori bo'lgan. Bugungi kunda Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)da sport direktori lavozimida faoliyat yurityapti.  

Armen Bagdasarovning sportdagi ko'p yillik muvaffaqiyatli ishtiroki hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U "Mehnat shuhrati" ordeni (1996), O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi (2000), O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy (2006) unvonlariga loyiq ko'rilgan. Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Armen Bagdasarovni dzyudo sport turining dunyodagi rivojiga qo'shgan xissasi uchun oltin medal (World Judo Tour gold card) bilan mukofotlagan. 

Furatdan foydalanib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, murabbiylar, sportchilar Armen Yurevichni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi. U kishiga sog'lik-salomatlik va oilaviy baxt tilaymiz.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing