So’nggi yangiliklar

07:32Миллатлар лигаси. Италияда йирик мағлубият, Зидан шогирдлари зафар қучишди, Испания ниҳоят ютқазди 0 07:01Шара Буллет UFC`да 100 миллионга жангда ютқазишни таклиф қилишгани ва ҳатто рақибни ҳам айтиб ўтди 0 18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0

08 iyu 08:41
Yangiliklar

Taekvondo

“Olimpiya kelajagi”. Taekvondo WTF bellashuvlarida Surxondaryo terma jamoasi g'olib bo'ldi

Xabaringiz bor, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan sportning boks, taekvondo WTF, sport kurashlari va dzyudo kabi turlaridan viloyat terma jamoalari o'rtasida “Olimpiya kelajagi” turniriga asos solingan.

Iqtidorlarni kashf etish, terma jamoa uchun yangi nomlarni saralab olish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqa hududlarga bo'lingan holda tashkil etildi. Hudud bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoalar esa hal qiluvchi final bahslarida qatnashish huquqini qo'lga kiritishgandi.

Qayd etib o'tish lozimki, selekciya ishlarini mustahkamlash, ommaviylikni ko'tarish maqsadida taekvondo bahslarida saralash bosqichida muvaffaqiyatli qatnashgan ikkitadan terma jamoa final bosqichiga taklif qilindi. Demak, sportning ushbu turi bo'yicha sovrinli o'rinlar uchun 8ta terma jamoa kurash olib bordi. Kecha boshlangan bellashuvlar yakuniga ko'ra, Toshkent shahri va Surxondaryo viloyati jamoalari hal qiluvchi final bosqichiga etib borishdi.

Bugun esa poytaxtimizda taekvondo WTF associaciyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida final bo'lib o'tdi. Hal qiluvchi bahslar oldidan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so'zga chiqar ekan, musobaqaning qay darajada ahamiyatli ekanligi, ushbu turnir orqali yangi nomlar kashf etilayotganini malum qilib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing