27 noy 16:16
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari g'olibi Toshkentda mahorat darslarini o'tkazdi
O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va mamlakatimiz stol tennisi federaciyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur seminarda soha xodimlari, murabbiy va sportchilarimiz ishtirok etishdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Seminar doirasida, O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi Saida Mahmudova hamda Seiko Iseki kelgusidagi o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mamlakatimizda stol tennisi sport turini jadal rivojlantirish borasida Yaponiya tajribasidan foydalanib, kelasi yili Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha kelishib oldi.
Qayd etish lozim,yaponiyalik mutaxassis 27 noyabr kuni Samarqand shahrida yosh stol tennischilari bilan uchrashib, mahorat saboqlarini o'tkazadi.
Fikrlar