17 iyu 08:10
Yangiliklar

Oliveyra hatto sport komissiyasi ham uning mag'lub bo'lishini istaganini aytdi
Yodingizda bo'lsa, jangdan avval braziliyalik MMAchi vazn qila olmagan, va natijada chempionlik kamaridan ayrilgan edi. CHarlz jangda g'alaba qozonganiga qaramasdan, o'z kamarini saqlab qola olmagan edi.
Oliveyraning fikricha, Arizona shtati sport komissiyasi uning mag'lubiyatga uchrashini xohlagan. Malumot uchun , Getji Arizona shtatida istiqomat qiladi.
"Oyog'imni chopib tashlashsa ham, o'sha vaznni ko'rsatardim. Sport komissiyasi meni "sindirdi". Bu rost. Ular meni kamardan ayirishni, menga psixologik tasir o'tkazishni istashdi, biroq hech narsa bo'lmadi. Butun divizion, qolaversa dunyoga engil vazn chempioni ekanligimni ko'rsatib qo'ydim. Ularning meni "sindirishga" bo'lgan urinishlari muhim emas, men — chempionman", - deya Olivayraning so'zlarini keltiradi ESPN nashri.
Ilgariroq, CHarlz Oliveyraning Islam Maxachevga qarshi jangi shu yilning o'zida o'tkazilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar