29 iyu 10:20
Yangiliklar
Oliveyra Maxachev bilan birinchi jang oldidan qanday xatoga yo'l qo'yganini aytdi
“O'sha jangdan oldin men gapirmasligim kerak bo'lgan ko'p narsalarni aytdim. Bu noto'g'ri, men haddan tashqari emocional bo'lib qolgandim. Hech qachon kimnidir yoki nimanidir o'ldiraman, deb aytmayman. O'shanda: “Men bu yigitni o'ldiraman, buni u bilan qilaman“, dedim. Men umrimda hech qachon bunday gapni aytmagan edim. Yakunda matbuot anjumanida ular tomonidan aytilgan gaplarga munosabat bildirgandim. Bu safar men o'zimdek bo'lishni xohlayman.
Men bu jangni ko'rmaganman. Lekin chin dildan aytamanki, Islam bilan jangda u haqiqiy men emasdim. O'sha oqshom Islam mendan yaxshiroq edi. Men qo'limdan kelganini qildim. Endi jangga ruhan va jismonan 100 foiz tayyor bo'lishni xohlayman”, - dedi Oliveyra AgFight nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, revansh jangi Abu-Dabidagi UFC 294 musobaqasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar