22 sen 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra qisqa muddatida o'zi bilan jang qilishni xohlagan UFC jangchilarini tanqid qildi
UFC sobiq chempioni, braziliyalik CHarlz Oliveyra ozarbayjonlik Rafael Fiziev bilan jang bekor qilingandan keyin jangga tayyorligini bildirgan sportchilar haqida fikr bildirdi.
"Hamma biladi, Fiziev bilan jangim bo'lmaydi. Lekin "Men tayyorman, kurashaman" deydigan jangchilarga ishonmang. UFC ularga qo'ng'iroq qilganda esa: "Vazn qilishga ulgurmaymiz. Eh, men qila olmayman", deb javob berishadi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv qilish uchun yozishadi, xolos.
Men jangchilar gapirishga gapirib, buni bajara olmaganliklarini ko'rdim. Lekin UFC ularga murojaat qilganda, ular: "Men bunday qila olmayman. Qornim og'riyapti. Bo'ynim sindi. Qo'lim jarohat oldi”, deyishadi. Bunaqa ish qilishni to'xtatish kerak. Bu yaxshi ko'rinmayapti", — dedi Oliveyra Bloody Elbow saytiga.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar