18 jan 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra - Xabibga: Men sen bilan jang qilishga tayyorman!
Engil vazn toifasi reytingining 3-pog'onasidan joy olib turgan CHarlz Oliveyra chempion Xabib Nurmagomedovga "vyzov" tashladi.
"Rahmat, Xabib. Senga hurmatimni saqlagan holda oktagonga chorlashga tayyor ekanligimni aytmoqchiman. O'ylaymanki, tez orada sen bilan uchrashamiz", — deya o'zining "Tvitter" sahifasida xabar qoldirgan Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov 16 yanvar kuni UFC prezidenti Dana Uayt bilan suhbatdan so'ng faoliyatini qayta tiklashi mumkinligini aytgandi. Dog'istonlik chempion Konor Makgregor – Dastin Pore hamda Maykl CHendler – Den Xuker janglarini kuzatishini va shundan so'ng o'z qarorini oshkor etishini malum qilgan. SHuningdek, u CHarlz Oliveyrani ham eslab o'tgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar